Kontent qismiga oʻtish

Afgʻonistonda buddizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bomiyon Buddalaridan biri (2001 yilda Tolibon tomonidan vayron qilingan) 1977 yil avgust oyida suratga olingan
Jaloloboddagi qadimgi Buddist gʻori, 2009 yil

Gautama Budda asos solgan hamda Dharmik dinlardan biri boʻlgan buddizm hozirgi Afgʻoniston hududiga birinchi marta Maurya imperiyasining uchinchi imperatori Ashoka (mil.avv. 268-232 yillar) davrida kirib kelgan. Mamlakatdagi Buddizmning eng qadimiy diqqatga sazovor joylari orasida Qandahor yaqinidagi Chil Zena qoyasida joylashgan togʻ yonbagʻirlaridagi yunon va oromiy tillarida bitilgan yozuv boʻlib, u miloddan avvalgi 260-yilga tegishli[1]. Din Hindukush togʻ tizmasi janubidagi hududlarda keng tarqalgan.

Bu davrda Afgʻonistonda koʻplab taniqli buddizm homiylari yashagan. Jumladan, yunon-baqtriya podshosi Menander I (mil.avv. 165-130 ) buddizmning taniqli homiysi boʻlgan. Uning nomi Pali tilidagi buddizm matni Milinda Panhada keltirilgan. Miloddan avvalgi 2-asrda yashagan hind-yunon rohibi Mahadxarmaraksita Alasandradan (Yonas shahri) Shri Lankaga qadar hududlardagi 30 000 ta buddist rohiblarni boshqargani aytiladi[2]. II asrda yashagan kushonlik rohib Lokaksema Xan sulolasi hukmronligi davrida Xitoy poytaxti Loyan shahriga sayohat qilgan va Mahayana buddizm bitiklarini xitoy tiliga birinchilardan tarjima qilgan[3].

Afgʻoniston shimolidagi qadimiy Balx shahri yaqinida joylashgan Nava Vixara monastirlari asrlar davomida Oʻrta Osiyoda buddaviylik markazi vazifasini bajargan.

Milodiy VII asrda islom dini kirib kelgandan keyin Afgʻonistonni arablar bosib olgach, buddaviylik tanazzulga uchragan. X-XII asrlarda Gʻaznaviylar davrida mintaqada buddaviylik yanada tanazzulga yuz tutgan. Buddizm Afgʻonistonda XIII asrda moʻgʻullar istilosi paytida yoʻq qilingan[4][5]. XIV asrdan keyin hududda buddistlar mavjud boʻlgani haqida hech qanday maʼlumot yoʻq.

Afgʻoniston hududlari asrlar davomida koʻplab madaniy va diniy oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo madaniyatlari oʻrtasidagi mazkur hududning geografik joylashuvi hamda mashhur Buyuk Ipak yoʻliga yaqinligi hududdagi tarixiy va madaniy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan. Katta taʼsirlardan biri ushbu hududning Aleksandr Makedonskiy tomonidan bosib olinishi boʻlib, natijada hudud bir muncha vaqt ellinistik dunyoga qoʻshilgan. Bu omil mintaqada buddizm diniy sanʼatiga kuchli ellinistik taʼsir koʻrsatgan. Miloddan avvalgi 305-yilda Salavkiylar imperiyasi Hindiston Maurya imperiyasi bilan ittifoq tuzgan. Mauryanlar buddizmni Hindistondan olib kelishgan va miloddan avvalgi 185-yilgacha Hindukush janubidagi hududni boshqarishgan.

Iskandar ularni ariylardan tortib olib, oʻziga xos turar-joylar qurgan. Biroq Selevk Nikator ularni nikohdan oʻtkazish va evaziga 500 ta fil olish sharti bilan Sandrokotga (Chandragupta) bergan.

— Strabon, (mil.avv. 64 — mil. 24-yillar)
Mes Aynak Buddizm stupasi, 2011-yil

Bu oʻzgarishlar davrida hududning katta qismi Baqtriya va Soʻgʻdiyona podsholiklariga qarashli boʻlib, ular islom kirib kelgunga qadar buddizmga eʼtiqod qilishgan.

Maurya imperiyasi tanazzulidan soʻng, buddizm Kushon podsholigi hukmronligi ostida ham gullab-yashnagan. Buning taʼsirida Yuechji deb nomlangan qabilalar hozirgi Afgʻoniston hududiga kirib kelishiga[6] Afgʻonistonda hozirga qadar buddizm madaniyatidan saqlanib qolgan koʻplab yodgorliklar guvohlik beradi.

Sosoniylar davlati musulmonlar qoʻliga oʻtganidan koʻp oʻtmay (milodiy 651-yil), Balxdagi Nava Vixara monastiri ham musulmonlar hukmronligi ostiga oʻtgan (milodiy 663-yil). Shunday boʻlsa-da, monastir kamida yana bir asr faoliyatini davom ettirgan. Milodiy 715-yilda Abbosiylar xalifaligi Balxdagi qoʻzgʻolonni bostirganidan soʻng, koʻplab fors buddist rohiblari Buyuk Ipak yoʻli boʻylab sharqqa, oʻzlariga yaqin Sharqiy Eron tilida soʻzlashuvchi Xoʻtan Budda shohligiga qochib ketishgan. Nava Vixaraning merosxoʻr maʼmurlari, fors barmakiylari monastir bosib olingandan soʻng buddizmdan chiqib, islomni qabul qilishgan va Bagʻdoddagi Abbosiy xalifalar davrida kuchli vazirlarga aylanishgan. Oilaning oxirgi vazirlari Jaʼfar ibn Yahyo Ming bir kechadagi koʻplab ertaklarning bosh qahramonidir. Xalq ertaklari va xalq madaniyatida Jaʼfar tasavvuf, sehrgarlik va islom doirasidan tashqaridagi urf-odatlarni bilishi bilan mashhur.

Buddaviylik dini Afgʻonistonni Umaviylar bosib olishi va Abbosiylar xalifaligi hukmronligidan keyin ham omon qolgan. Afgʻonistondagi buddizm XIII asrda moʻgʻullar istilosi paytida samarali ravishda yoʻq qilingan[5][4].

Arxeologik topilmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buddist Jatakamalaning qoʻlyozma boʻlagi, sanskrit tilida Gilgit — Bamiyan toifa-II protosarada yozuvida (Toyuk) yozilgan; taxm. mil. VIII asr, Berlin etnologiya muzeyi

Bomiyon monastiri kutubxonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk buddizm maktablaridan biri Bomiyan hududida mashhur boʻlgan Mahasāṃghika — Lokottaravada edi. Xitoylik buddist rohib Syuan Szan VII asrda Afgʻonistonning Bomiyon shahridagi Lokottaravada monastiriga tashrif buyurgan. Bu monastir joylashgan hudud arxeologlar tomonidan topib oʻrganilgan[7]. Ushbu monastir kolleksiyasidagi qayin poʻstlogʻi va palma barglari qoʻlyozmalari, shu jumladan Mahayana sutralari topilgan. Ular hozir Schøyen kollektsiyasida joylashgan. Baʼzi qoʻlyozmalar Gandhariy tilida va Kharoshthi yozuvida, boshqalari esa Sanskrit tilida va Gupta yozuvida yozilgan. Ushbu monastir kolleksiyasidan saqlanib qolgan qoʻlyozma va parchalar quyidagi manbaviy matnlarni oʻz ichiga oladi[7]:

  • Mahasāṃghika -Lokottaravada Pratimokṣa Vibhaṅga (MS 2382/269)
  • Mahāparinirvāṇa Sutra, Agamas sutrasi (MS 2179/44)
  • Caṃgī Sutra, Agamasdan olingan sutra (MS 2376)
  • Vajracchedika Prajnaparamita Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2385)
  • Bhaiṣajyaguru Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2385)
  • Shrimaladevi Siṃhanada Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2378)
  • Pravarana Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2378)
  • Sarvadharmapravṛttinirdeśa Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2378)
  • Ajātaśatrukaukṛtyavinodana Sutra, Mahayana sutrasi (MS 2378)
  • Śāriputrābhidharma Śāstra (MS 2375/08)

Buddaviylarning yodgorliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil avgust oyida Kobuldan janubda joylashgan Luvgar viloyatidagi Mes-Aynoqda 42 taga yaqin buddizm yodgorliklari topilgani haqida xabar berilgan. Arxeologlarning fikriga koʻra, bu buyumlarning baʼzilari II asrga tegishli. Baʼzi buddizm yodgorliklari Gʻazna shahridan topilgan[8]. Luvgardagi buyumlar ikkita Buddizm ibodatxonasi (Stupalar), Budda haykallari, freskalar, kumush va oltin tangalar hamda qimmatbaho munchoqlarni oʻz ichiga olgan[9][10][11].

Afgʻonistonlik buddist tarixiy shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Markaziy Osiyoda buddizm
  • Gʻarbiy hududlarda Buyuk Tang yozuvlari
  • Jñānagupta
  • Ashokaning Qandahor yunon farmonlari
  • Qandahor ikki tilli qoya yozuvi
  • Afgʻonistonning islomgacha boʻlgan hindu va buddist merosi
  • Buddizmning Ipak yoʻli orqali uzatilishi
  • Hindiston yarimorolida buddizmning tanazzulga uchrashi
  • Afgʻonistonda hinduizm
  • Trapusa va Bahalika
  1. Runion, Meredith L.. The history of Afghanistan. Westport: Greenwood Press, 2007. ISBN 978-0-313-33798-7. 
  2. Full text of the Mahavamsa Click chapter XXIX
  3. Foltz, Religions of the Silk Road, p. 46
  4. 4,0 4,1 Steven Otfinoski edition=illustrated. Afghanistan. Infobase Publishing, 2004 — 6-bet. ISBN 0-8160-5056-2. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr. 
  5. 5,0 5,1 Amy Romano. A Historical Atlas of Afghanistan, illustrated, The Rosen Publishing Group, 2003 — 25-bet. ISBN 0-8239-3863-8. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr. 
  6. Runion, Meredith L.. The history of Afghanistan. Westport: Greenwood Press, 2007 — 46-bet. ISBN 978-0-313-33798-7. „The Yuezhi people conquered Bactria in the second century BCE. and divided the country into five chiefdoms, one of which would become the Kushan Empire. Recognizing the importance of unification, these five tribes combined under the one dominate Kushan tribe, and the primary rulers descended from the Yuezhi.“ 
  7. 7,0 7,1 „"Schøyen Collection: Buddhism". Archived from the original on 10 June 2012. Retrieved 23 June 2012.“.
  8. Embassy of the United States, Kabul. Ghazni 10.26.2011
  9. Embassy of the United States, Kabul. Mes Aynak 10.29.2011
  10. „"42 Buddhist relics discovered in Logar". Maqsood Azizi. Pajhwok Afghan News. 18 August 2010. Archived from the original on 17 March 2010. Retrieved 23 August 2010.“. 2010-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  11. „"Afghan archaeologists find Buddhist site as war rages". Sayed Salahuddin. News Daily. 17 August 2010. Archived from the original on 18 August 2010. Retrieved 16 August 2010.“. 2010-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.

Andoza:Afghanistan topics